«Real» himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan «Betis»ga qarshi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi La ligada ketma-ket 17 mavsumdan beri gol urib kelmoqda. Bunday natijani qayd etish faqat ikki futbolchiga nasib etgan: «Atletik» klubi sobiq hujumchisi Agustin Gainsa (19 mavsum) va «Real» sobiq fovardi Santilyana (17).
Shuningdek, Ramos, Kubok bahslari doirasida penaltilar seriyasini qo'shib hisoblaganda, ketma-ket 24ta penaltidan samarali foydalanib kelmoqda.