Bugun tunda "Qirollik klubi" o'z maydoni hisoblangan "Santiago Bernabeu"da mavsumdagi o'zlarining so'nggi uy uchrashuvlarini "Sevilya"ga qarshi o'tkazadilar.
Jamoa yetakchi goleadori Krishtianu Ronaldu yakunlanayotgan mavsumda "Bernabeu"dagi uchrashuvlarda eng ko'p hisobni ochgan futbolchi bo'lib turibdi. Portugaliyalik futbolchi uy uchrashuvlarining 4 tasida dastlabki golga mualliflik qilgan va bu borada 3 marotabadan hisobni ochgan Benzema hamda Moratadan yaxshiroq ko'rsatgichga ega bo'lib turibdi.
"Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblangan Ronaldu dastlab "Osasuna"ga qarshi bahsda hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik "Sporting Xixon" va "Valensiya" darvozalariga ham uchrashuvdagi dastlabki gollarni kiritishga erishgan. So'nggi bor esa "Atletiko"ga qarshi chempionlar ligasi yarim final dastlabki bahsida mazkur ishni amalga oshirgan.
RealBlancos