"Real" hujumchisi Borxa Mayoral faoliyatini "Roma"da davom ettirishga yaqin turibdi.
"El Chiringuito TV" tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchining o'zi "bo'rilar" safiga o'tishga rozilik berdi. Endi klublar transfer borasida kelishib olishlari kerak. Rimliklar Borxani ijaraga olishni rejalashtirayotgan bo'lishsa, "Qirollik klubi" o'z tarbiyalanuvchisini sotishni istamoqda.
Mayoralning bozor narxi 10 million evroga teng. Agar "qaymoqranglilar" uni hozir sotib yuborishmasa, 2021 yilning yozida Mayoral erkin agentga aylanadi.