"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniyadagi o'yini haqida gapirdi. U "Real"da bo'lganidan afsuslanmaydi. Qirollik klubidagi karerasi uning shaxs bo'lib o'sishiga yordam berdi.
«Menda afsuslanadigan hech narsa yo'q. Mening vazifam — futbol o'ynash. Atrofimda sodir bo'ladigan hamma narsa mening nazoratimdan tashqarida. Gapiraverishsin. Haqiqatni o'zim bilaman, oilam biladi.
Men boshqa mamlakatga bordim, Ispaniya umuman boshqa madaniyatga ega. Men shaxsan o'sishim kerak edi. Siz doimo o'rganasiz. Menga eng muhimi futbol bo'lgan», – dedi Beyl.