«Real» himoyachisi Serxio Ramos «Barselona»ga (2:3) qarshi ICC-2017 o'yinidan so'ng, Neymarning "PSJ"ga o'tishiga umid bildirdi.
«Neymar bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. O'yindan so'ng u bilan futbolka almashdik. Umid qilamanki, "Barselona" futbolchisi sifatida u so'nggi marta bu ishni qildi. Aks holda bizni muammolar kutmoqda.
Neymar menga hech narsa demadi. Ammo har kimda tanlov imkoniyati bor. Neymar - zo'r o'yinchi, "Barselona" etakchisi va u o'z kelajagini o'zi belgilaydi" - dedi Ramos Marca xabarida.