"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino murabbiylik faoliyatidagi eng yomon lahzani aytdi.
"Eng yomon lahza? 2012 yilda Chempionlar ligasi yarim final bosqichida "Real" boshqaruvida "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyat. O'shanda Evropaning eng kuchli jamoasi edik, Ispaniyada ochkolar (100) va urilgan gollar (121) soni bo'yicha chempionga aylandik. Agar "Bavariya"dan o'tganimizda, finalda g'alaba qozonishimizga ishonchim komil edi.
Eng alamlisi, Ronaldu, Ramos va Kaka penaltidan foydalana olishmadi. Bu futbolchilar penaltidan gol urishlari shart edi. Penaltidan hech qachon xato qilmaydigan o'yinchilar pand berishgan edi", - dedi Mourino.