«Tottenhem» yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining «Real»dan ketishi haqida fikr bildirdi.
«Tottenhem»dan ham kattaroq klublar qiziqish bildirdi, ammo Garet shunday qarorga keldi. U bu erdaligidan xursand.
Hamma uning «Real» dagi vaqti tugadi degan qarorga keldi, hammasi jiddiy ekanligini anglaganimiz uchun qaror qabul qilish juda oson kechdi. Qarama-qarshiliklar kuchayib, qo'llab-quvvatlash esa tobora kamayib bordi. Juda ko'p narsalar bo'ldi.
Garet «Real»da o'zi munosib bo'lgan hurmatga sazovor bo'lmadi va bu katta muammo edi. «Real» u klubda erishgan yutuqlari uchun Garet yurgan yo'llarni o'pishi kerak", — Jonatan Barnett.
Eslatib o'tamiz, Garet Beyl «Real»da so'nggi yillarda juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va yakunda ijara asosida «Tottenhem»ga o'tishga qaror qildi.
Qayd etish joiz, «Tottenhem» Garetga begona emas. U 2007—2013 yillar oralig'ida «shporlar» safida to'p surgan. «Real» uni o'sha vaqtdagi rekord narx — 101 million evroga sotib olgandi.