Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barselona» va «Yuventus»ni EChL finalida ko'rmaymizmi?!

.
- Yuklab olish

Stadion.uz «Barselona» va «Yuventus» klublarining transfer siyosati haqida fikr almashadi.

Ronaldu kuchli hujumchisiz qiynalmoqda

Mario Manjukich Turin super klubida markaziy hujumdagi muammolarni yopa olmadi. Ronaldu bilan umuman maydonda tandem hosil qilishni ham uddalay olmadi. "Sarribolga "sira mos kelmagan xorvat jamoadan ketdi. Iguain esa, «Real Madrid»da ham Krish bilan chiqisha olmagan edi desak, adashmagan bo'lamiz.

Ronalduning Dibala bilan aloqalari juda yaxshi. Aynan u Paoloni avvaliga klubda qolishini, so'ng Sarri qo'l ostida maydonga tushishini ta'minlagan edi. Afsuski, Dibala markaziy hujumchi yoki vinger emas. Ronaldu Dibala darajasidagi sifatli markaziy hujumchisiz juda qiynaldi. Ayniqsa, «Lion» bilan o'yinda bu yaqqol ko'zga tashlandi 

Krish yangi mavsum oldidan «Yuventus» Iguainni ketkazishini va o'rniga yuqori darajadafi ijrochini tarkibga qo'shib olishini kutgan edi. Afsuski, tanlov Ronalduni xursand qilgani yo'q.

Messi faqat Suares bilan tandem

Koutino, Dembele, Grizman singari hujumchilar Messi bilan maydonda ham, uning tashqarisida ham Suareschalik til topisha olmagan. Endilikda, urugvaylik hujumchi jamoadan ketish niyatida. Aslida, klub o'tgan mavsumda oldingi chiziq vakillaridan birini xarid qilishi lozim edi. Suaresning og'ir jarohat olishi vaziyatni o'zgartirib yubordi. Grizmanning transferi markazdagi muammolarni kamaytirgani yo'q.

Messi o'tgan mavsumda 31 bor raqib darvozalarini ishg'ol qildi. Luis esa, undan 10 ta kam gol kiritdi. Grizman esa, bu futbolchilardan statistika borasida ancha orqada qolib ketdi.

Grizmandan so'ng, gollar soni bo'yicha Arturo Vidal turibdi. Kataloniya klubi chililik yarim himoyachini «Inter»ga qo'yib yubordi. Shuningdek, Ansu Fati ham oldingi chiziqda o'ynashga qodir, ammo u ham markaziy hujumchi emas. Bundan ko'rinib turibdiki, «Barselona»da Suaresdan boshqa markaziy hujumchi qolmadi. Endilikda, Luisni Bartameo faqatgina “Atletiko”ni kuchaytirmaslik uchun olib qolishi mumkin.

Ayni damda, klub moliyaviy muammolar ichida qolgan. Shu sababli yangi markaziy hujumchi sotib olish g'oyasi amalga oshmasligi aniq.

Luis Turinda nega qolmadi?

Ronaldu va Pirlo Suaresning «Yuventus»ga ko'chib o'tishni istagani rost. Sababi juda oddiy. Gollandiya, Angliya, Ispaniyada o'zini ko'rsata olgan hujumchi ortiqcha muammosiz “A Seriya”ni zabt etishi mumkin. Pavel Nedved Suaresni tekinga qo'lga kiritish ilinjida edi, ammo keyin voqealar rivoji kutilmagan tomonga burilib ketdi.

Suares Italiya pasportini olishi lozim edi. Sababi, u Evropa Ittifoqiga a'zo davlat fuqarosi sifatida klub a'zosiga aylanishi ko'zda tutilgan edi. Janubiy Amerikaliklar uchun ortiqcha kvota bo'lmagani uchun Nedved Luisga Italiya fuqaroligini taklif etgan bo'lsa, ajab emas. E'tiborlisi shundaki, urugvaylik futbolchida hatto Ispaniya fuqaroligi ham yo'q ekan. Shu bois, Suaresning imtihondan qanday o'tgani ko'pchilikda qiziqish uyg'otdi. Italiya huquqni himoya qilish organlari surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Ayrim manbalarning yozishicha, urugvaylik futbolchi imtihon javoblarini sotib olgan emish. Bunday holat, Evropada tez-tez uchrab turadi. Umuman olganda, Suaresning transferi to'liq barbod bo'ldi.

Oqibatda, Krishtianu endi o'zi uchun eng noqulay variant sanalgan Morata bilan tandemda harakat qilishga majbur.

Morata Ronaldu bilan befoyda futbolchiga aylanadi

Alvaroda stabillik doimo birinchi plandagi muammo sanalgan. Qahramonimiz «Chelsi»da, «Real Madrid»da ham aynan shu kamchiligi sababli safdan chiqib qolgan desak, adashmagan bo'lamiz. To'g'ri, o'z vaqtida Morata «Yuventus» safida ajoyib o'yinlar o'tkazgan, biroq endi vaziyat tamomila o'zgacha. Jamoada Ronaldu bor, klub 3-5-2 sxemasidan voz kechgan. Bu o'zgarishlar 28 yoshli hujumchining oldingi darajasiga qaytishiga to'sqinlik qilishi aniq.

Aslida, Nedved hamyonbop hujumchilar izladi. Shu sababli, Suares, Jeko singari variantlar ustida ish olib borildi. Ikki hujumchini ham maoshini to'lab berish evaziga klubga jalb qilish mumkin edi. Shuningdek, bugungi kunda klubsiz qolib ketayotgan Edinson Kavani bilan ham muzokaralar olib borildi. Urugvaylik hujumchi «Napoli» klubiga bo'lgan hurmati evaziga Turinga ko'chib o'tishdan bosh tortdi.

Achinarlisi shundaki, Morata majburiy tanlovga aylandi. Tan olish lozim, agar Morata kelajagi porloq hujumchi bo'lganida, uni Semione hech qachon qo'yib yubormagan bo'lar edi. Quvonarlisi shundaki, «zebralar» Alvaro uchun 60 million evro to'lamadi. Shunchaki, uni 10 million evaziga ijaraga olishdi.

Ushbu transfer naf berishi uchun Pirlo to'liq yangi o'yin uslubini kashf etishi lozim. Shu o'rinda qiziq fakt! 2014 yildan boshlab, Alvaro kiritgan gol jamoasiga 3 million evroga tushgan! 3 million evro! «Zenit» hujumchisi Serdar Azmunning yillik maoshi 3 million evroni tashkil etadi. Ushbu summa evaziga Azmun bemalol bir mavsum «Yuventus» sharafini himoya qilishi mumkin.

Messi o'zi bilan to'p surgan eng zo'r hujumchidan ayrilishi mumkin

Tan olish lozim Leo Suaressiz hujum markazida qiynaladi. Sababi, Suares istalgan soniyada Leoni qulayroq vaziyatga olib chiqishi, zarba yo'llashi uchun imkon yaratishi, standart vaziyatlardagi uzatmalarini darvozaga joylab qo'yishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Afsuski, urugvaylik hujumchiga qo'ng'iroq orqali Kuman chiqish eshiklarini ko'rsatib yubordi.

Agar Luis Madridga ko'chib o'tsa, Messi Bretueyt va Grizmanlardan birini tanlashiga to'g'ri keladi. Bu yigitlarning hech biri raqib jarima maydonchasi ichida Messi bilan tandem hosil qilishga moslashmagan. Hatto Depayning transferi ham Leoni muammodan xalos etmaydi. Kavanini erkin agent sifatida qo'lga kiritish variantini esedan chiqarsa ham bo'ladi.

Sababi, urugvaylik hujumchi katta maosh evaziga atigi bir mavsumli shartnoma imzolash niyatida. Bunday qisqa muddat ichida yangilanayotgan «Barselona»ga  transfer naf keltirishning imkoni yo'q.

«Barselona» Suaresning o'rnini bosishga qodir Obomeyang va Lautarolarni qo'ldan chiqarib yuborgach, Messi qiyin ahvolda qoldi. Katta ehtimol bilan, Kike Seten singari Kuman ham Grizmanni markaziy hujumga ko'chiradi.Gollandiyalik murabbiy Grizmanni markaziy hujumchi sifatida ko'rayotganini yashirib o'tirmayapti. Kike Seten bunga urinib ko'rgan, biroq natija qoniqarsiz. Balki, Kumanning omadi kelar?!

Ikki afsona yana «joker»siz qolib ketdi

Suares va Iguainlarning jamoadan ketishi «Yuve» va «Barsa» uchun og'ir zarba bo'lgani yo'q. Ulardan farqli o'laroq, Messi va Ronaldu uchun ularning o'rnini to'ldirishga qodir yangi futbolchilar xarid qilinmadi. Mana muammo nimada! Morataning transferi qanday naf berishi dargumon. Kataloniyaliklar esa, hujumchi izlashni ham to'xtatib qo'ydi. Achinarlisi shundaki, bu klublarga o'tgan mavsumda nafaqat kuchli murabbiy, balki sifatli markaziy hujumchilar ham etishmadi. Aynan shu ikki omil sababli «Yuventus» va «Barselona» EChLdagi yurishini erta to'xtatishga majbur bo'lgan edi. Agar qishki transfer oynasida mo'jiza sodir bo'lmasa, bu klublar EChLda (bu mavsumda) zafar quchishi juda mushkul

BestMaster
23 Sentabr 2020, 19:00
«barselona», «yuventus»ni, echl, finalida, kormaymizmi?!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads