«Real» o'yinchilari mavsum-2019/2020da La ligadagi chempionlik hamda Ispaniya superkubogidagi g'oliblik uchun ajratilgan mukofot pullaridan voz kechishga qaror qilishdi. Natijada jamoa 25 million evro miqdoridagi pulni tejashga muvaffaq bo'ldi.
Futbolchilar Ispaniya chempionatidagi sovrin uchun 700 ming, Superkubokdagi muvaffaqiyat uchun 300 ming evrodan olishlari kerak edi. Ramosning tashabbusi bilan "Qirollik klubi" futbolchi mukofot pullaridan voz kechish orqali amalda jamoaga 1 million evrodan "xayriya" qilishdi.
Natijada «Madrid» o'z moliyaviy ahvolini yaxshilab oladigan bo'ldi.