«Real» yarim himoyachisi Martin Edegor La liganing 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real Sosedad»ga qarshi o'yindan keyin koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi.
Hozirda «qaymoqranglilar» va futbolchining o'zi takroriy test natijasini kutishmoqda. Boisi, ba'zida TsPR testi noto'g'ri natija berishi mumkin. Agar ikkinchi test ham musbat chiqsa, butun jamoa izolyatsiyaga olinishi kerak bo'ladi.
"Onda Cero" tarqatgan xabarga ko'ra, «Real Sosedad» futbolchilari dushanba kuni COVID-19ga test topshirishdi. Ularning barchasi manfiy natija berdi.
Eslatib o'tamiz, «Real Sosedad» va «Real» o'rtasida uchrashuv 20 sentyabr kuni bo'lib o'tgan edi va unda hisob ochilmadi. Edegor uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 69-daqiqada zaxiraga olindi.