Rimning «Roma» klubi shu transfer oynasida Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovichni o'z safiga qo'shib olish niyatida.
Rimliklar "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolashni uddasidan chiqa olmadi. Yovich esa polshalik hujumchiga alternativ sifatida qaralayotgandi.
O'z navbatida «Real» Yovichni sotib yuborishga qarshi emas, chunki, serbiyalik hujumchi La Ligada o'z o'yinini topib keta olmadi.