«Real» La liganing 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sosedad»ga qarshi o'yinda durang (0:0) o'ynadi.
«Qaymoqranglilar» Ispaniya chempionati doirasida 2000-yildan keyin tug'ilgan 4 futbolchini maydonga tushirgan ilk jamoaga aylandi.
Klub bosh murabbiyi Zayniddin Zidan yarim himoyachilar Vinisius Junior (20 yosh) va Rodrigo Goes (19)ni boshlang'ich tarkibga kiritgan bo'lsa, Marvin (20) va Serxio Arribas (18)ni zaxiradan maydonga tushirdi.