Rimning «Latsio» klubi Madriding "Real" va «Napoli» klublari sobiq futbolchisi Xose Kalexon bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.
Italiya matbuotining yozishiga qaraganda, Kalexon rimliklardan ikki yillik shartnoma kutmoqda. Bundan tashqari, ispaniyalik futbolchi yiliga 3 million evro maosh xohlamoqda.
O'z navbatida «Latsio» uch yillik shartnoma va yiliga 2,2 mln evro maosh taklif qilmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.