"Tottenxem"ning yangi futbolchisi Garet Beyl "Real"dan ketishi va sobiq klubiga qaytishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, "shporlar" 31 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga olishdi.
"Men uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan klubga qaytish ajoyib bo'ldi. Men bu klubda nom chiqardim. Aql bovar qilmas klub, ajoyib muxlislar. O'z o'yin formamni tiklab olib, jamoaga sovrin yutishga yordam berishga umid qilaman. "Real"dagi faoliyatimni yakunlaganimdan keyin "Tottenxem"ga o'tish haqida hamisha o'ylar edim. Bu imkoniyat ayni paytda paydo bo'ldi. Menda tashnalik va motivatsiya yuqori. Uchrashuvlarni intizorlik bilan kutyapman.
"Real"dagi faoliyatim orqali men g'oliblik mentalitetiga ega bo'ldim. Qanday qilib sovrin qo'lga kiritish mumkinligini tushunaman. "Tottenxem" o'yinchilariga o'z tajribamni berib, ularda o'ziga bo'lgan ishonchni oshiraman, deb umid qilaman. Ushbu mavsum uchun maqsadimiz nafaqat sovrin qo'lga kiritish, balki barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurash olib borishdan iborat", — dedi Beyl.