«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan hujumchi Garet Beylning «Tottenxem»ga o'tishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Uning ketishida odamlar meni ayblayotganidan xafa bo'lmadim. Chunki, aslida bunday emas. Vaziyat murakkabroq. Faqat shuni aytishim mumkinki, o'rtamizda hech qanday muammo bo'lmagan. U "Real" safida erishgan yutuqlarni hech kim undan tortib olmoqchi emas.
Garetga muvaffaqiyat tilayman. Men u bilan gaplashmadim. Beyl "Madrid"da amalga oshirgan ishlar — ajoyib. Bu borada bahslashilmaydi. Chunki u ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi va yuqori saviya namoyish etdi. Hayot shunday.
Mening fikrim o'zgarmaydi: o'yinchi nima qilishni istayotgani muhim ahamiyatga ega. Biz klub va o'yinchilar bilan ko'p ishlarni amalga oshirdik. Elkamdan tog' ag'darildimi? Yo'q, boisi, men bunda og'irlik his qilmagandim. Beyl bilan muammoga duch kelmaganman. Shunchaki turli sabablarga ko'ra u kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Mening ishim shunday: Garet bo'lmasa, boshqasi maydonga tushadi», — dedi Zidan.