"Real" hujumchisi Garet Beyl rasman "Tottenxem"ga o'tdi. Bu haqda "shporlar" va madridliklar rasmiy saytlari xabar tarqatdi.
Uelslik futbolchi 2021 yilning 30 iyuniga qadar londonliklarga ijaraga berildi.
«Beyl qaytdi. Uyga xush kelibsan», — deyiladi "Tottenxem" Tvitteri e'lon qilgan maxsus videorolikda.
Beyl «Tottenxem» safida 9-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Garet 2007-2013 yillarda "shporlar" sharafini himoya qilgan.
Beyl oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin «Tottenxem» safida maydonga tushishi kutilmoqda. U sentyabr oyida Uels terma jamoasi safida jarohat olgan edi.
Bale. Is. Back.
Welcome home, @GarethBale11 ???? #BaleIsBack ⚪️ #COYS pic.twitter.com/iOIWC2ZwtC