«Real»dan «Tottenxem»ga o'tayotgan Garet Beylning ijarasi bilan bog'liq ba'zi tafsilotlar ma'lum bo'ldi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, londonliklar bir yillik ijara uchun "Qirollik klubi"ga 10 million evro to'lashadi.
Shuningdek, «shporlar» uelslik futbolchiga haftasiga 220 ming funt sterling to'lashadi. Garetning "Madrid"dagi haftalik maoshi 600 ming funtga teng.