Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

International Champions Cup. «Klasiko»da «Barselona» g'alaba qozondi

International Champions Cup doirasida "Real" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuvi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

International Champions Cup doirasida "Real" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuvi yakuniga etdi. Jamoalar hali yuqori formada bo'lmasalar-da, muxlislarga ochiq o'yin namoyish qilib berishdi.

Bahsning 3-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.  Busketsning uzatmasidan keyin argentinalik futbolchi raqib jarima maydonchasiga kirib borib, Marseloni aldadi va chap oyoqda kuchli bo'lmagan zarba berdi. To'p Kazemironing oyog'iga tegib, Navasning ustidan oshib o'tdi va to'rga borib tushdi.

Oradan 4 daqiqa o'tib, "Barsa" ikkinchi to'pni "Qirollik klubi" darvozasiga joyladi. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va yarim aylana ustiga uzatma berdi. Suares to'pni o'tkazib yubordi. Rakitich esa o'ng oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.

O'tkazib yuborilgan gollardan keyin "Real" asta-sekin o'ziga kela boshladi va dastlabki aniq zarbani golga aylantirdi. Mateo Kovachich "Barsa" jarima maydonchasi tashqarisida Pikeni aldab o'tdi va 17 metrdan aniq zarba berib, Silessenni dog'da qoldirdi.

Shundan keyin kataloniyaliklar 2ta o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Neymarning zarbasiga biroz aniqlik etishmagan bo'lsa, Messi yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbasini Keylor Navas qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Zidan shogirdlari esa ikkinchi qulay imkoniyatni ham golga aylantirishdi. "Barselona" burchak to'pi o'yinga kiritgan paytda "Real" namunaviy qarshi hujum tashkil qildi. Kovachichning uzatmasidan keyin Asensio darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi va to'pni darvozaga joyladi.

Ikkinchi bo'limni ham Valverde shogirdlari faol boshlashdi. 50-daqiqada Neymar chap qanotda belgilangan jarima to'pini darvozabon maydonchasiga etkazdi. Pike 5 metr masofadan to'pni oyog'i bilan "Real" darvozasiga joylab qo'ydi. Oradan 5 daqiqa o'tib Neymarning o'zi gol urishi mumkin edi. Messining uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo darvozani ishg'ol eta olmadi.

Shundan so'ng har ikkala jamoa safida ketma-ket o'zgarishlar bo'la boshladi va boshlang'ich tarkibdagi futbolchilardan deyarli hech kim qolmadi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Isko hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. Uchrashuvning 81-daqiqasida u  chap qanotdan markaz bo'ylab yurish qildi va 15 metrlardan olis burchakka aniq zarba berdi. Yasper Silessen barmoqlarining uchi bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Shu tariqa, "Barselona" yozgi klasikolarning dastlabkisida g'alaba qozondi. Kataloniyaliklar Xalqaro chempionlar kubogining AQShdagi turnesida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

International Champions Cup
Real Madrid Ispaniya – Barselona Ispaniya 2:3 (2:2, 0:1)
30 iyul, 05.05, «Sun Life Stadium»
Gollar: 0:1 – 3 Messi, 0:2 – 7 Rakitich, 1:2 – 14 Kovachich, 2:2 – 36 Asensio, 2:3 – 50 Pike.
Real Madrid – Navas, Varan (Valexo, 46), Marselo (Teo, 74), Karvaxal (Xakimi, 74), Ramos (Nacho, 46), Kovachich (Sebalos, 74), Kazemiro (Markos Lorente, 74), Asensio (Vaskes, 46), Modrich (Isko, 46), Beyl (Oskar Rodriges, 74), Benzema (Mayoral, 74).
Barselona – Sillessen, Umtiti (Vermalen, 63), Pike (Maskerano, 73), Alba (Din, 73), Aleish Vidal (Nelson Semedu, 63), Rakitich (Alenya, 73), Buskets (Serdji Samper, 73), Inesta (Serji Roberto, 46), Neymar (Turan, 73), Messi (Denis Suares, 63), Suares (Pako Alkaser, 63).
Ogohlantirishlar: Varan (22), Karvaxal (60), Suares (60), Serdji Samper (78).

BestMaster
30 Iyul 2017, 07:20
international, champions, «klasiko»da, «barselona», galaba, qozondi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
ruziboy
 ruziboy  
Barca baribir Barcada dustlar
30 Iyul 2017, 09:27
Ricardo
 Ricardo  
Hali ispaniya super kubigi bor u o'yinda kim yutaykan?
30 Iyul 2017, 11:26
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads