«Real» hujumchisi Luka Yovich jamoani tark etmoqchi. Serbiyalik futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda, deya xabar bermoqda AS.
Manbaga ko'ra, Yovich ijara asosida boshqa jamoaga ketish haqida o'ylamoqda va allaqachon variantlarni ko'rib chiqishni boshlab yuborgan. «Real» ham o'z navbatida futbolchisini ijaraga berishga hamda uning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarishga yordam bermoqchi.
Ma'lumot uchun, Yovich 2019 yildan beri «qirollik klubi»da to'p suradi. O'tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi La Liganing 17 o'yinida maydonga tushib, o'z nomiga 2 gol va 1 golli uzatma yozdirib qo'ydi.