Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng katta transfer kompaniyalari (top 10)

Londonning «Chelsi» klubi bu mavsumda transferlar uchun klub tarixidagi rekord summani sarf etganidan xabaringiz bor. Xo'sh, futbol olamida bu boradagi rekord qaysi klubga tegishli? Stadion.uz bugun shu mavzu borasida atroflicha fikr almashadi.

.
- Yuklab olish

Londonning «Chelsi» klubi bu mavsumda transferlar uchun klub tarixidagi rekord summani sarf etganidan xabaringiz bor. Xo'sh, futbol olamida bu boradagi rekord qaysi klubga tegishli? Stadion.uz bugun ushbu mavzu borasida atroflicha fikr almashadi.

10-o'rin. «Manchester Siti» – 207,88 million evro

2015 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid : Kevin De Bryuyne – 76 million evro

Pep Gvardiola kelishidan bir mavsum avval, «shaharliklar» transferlar uchun 200 milliondan ortiqroq summani sarf etishadi. Bugungi kundagi tarkibning «suyagini» tashkil etuvchi Rahim Sterling ham aynan 2015 yildagi transferlar samarasi sanaladi. Bundan tashqari, himoyachilarga katta summa sarf etishni ham «Siti» o'sha yili boshlagan. «Valensiya» himoyachisi Otamendi uchun 44,5 million evro to'lagan «shaharliklar» Angliya Liga Kubogida zafar quchishadi. Bundan tashqari, Pellegrini shogirdlari Evropa Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar etib borishni ham uddalashadi.

9-o'rin. «Chelsi» – 223,2 million evro

2020 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Kay Xaverts – 80 million evro

Bu mavsumda Frenk Lempard yangi futbolchilar uchun 223 million evro sarf etdi. To'g'ri, katta summa, biroq Antonio Konte ham bir paytlar 200 million evroni transferlar uchun ishlatgan edi. Ushbu summaning katta qismi Morata, Ryudiger, Dzapakosta, va Drinkuoterlar uchun ishlatilganini inobatga olsak, Kontening transfer kompaniyasini oqlab bo'lmaydi. Frenk bu transferlardan qanday naf chiqarishini esa, davom etayotgan mavsum ko'rsatib beradi.

8-o'rin. «Barselona» – 230,7 million evro

2017 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Usman Dembele – 138 million evro

2017 yilda Kataloniya klubi transferlar uchun yaxshigina summani ajratishga qaror qildi. EChLdagi omadsizlikdan so'ng, klub Dembele, Semedu va Paulinolarni tarkibga qo'shib oldi. Qishda esa, 145 million evro evaziga Filippe Koutino Kataloniyaga ko'chib o'tdi. Umumiy hisobda, (o'sha mavsumda) «Barsa» transferlar uchun 400 millionni ishlatib yubordi, ammo… Neymarning transferidan kelib tushgan pullarni omadsiz sarflagan klub «Roma»dan «tarsaki» qabul qilib oldi va EChLni tark etdi. Qo'shimchasiga, jamoada moliyaviy muammolar boshlandi. Bu muammolar bugungi kunlarimizga qadar etib keldi va haligacha o'z echimini topgani yo'q.

7-o'rin. PSJ – 238 million evro

2017 yil yozgi transfer

Eng qimmat xarid: Neymar – 222 million evro

Qizig'i shundaki, 2017 yilda Parij klubi atigi ikkita transferni amalga oshirdi holos. Neymardan tashqari Yuri Berchechni o'z tarkibiga qo'shib olgan klub umumiy hisobda 238 million evrodan voz kechdi. To'g'ri, Mbappe ham Neymar bilan birgalikda klubga tashrif buyurgan, biroq Parij klubi yosh iqtidor egasini ijaraga olgan edi. Rasmiy transfer esa, 2018 yilda amalga oshirilgan. Kilian uchun Parij klubi 145 million evroning baxridan o'tdi va adashmadi.

6-o'rin. “Atletiko Madrid” – 243,5 million evro

2019 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xaridi: Joau Felish – 126 million evro

O'tgan yozda «matraschilar» transferlardan naqd 312 million evro ishlab olishga muvaffaq bo'lishdi. Qo'lga kiritilgan summaning katta qismi esa, yangi futbolchilar uchun sarf etildi. Asosiy urg'u Joau Felishga berilgan bo'lsa, qolga pullar Markos Lorente, Ermoso, Felipe, Lodi va Tripperlarning transferi uchun ishlatildi.

5-o'rin. «Manchester Siti» – 248,5 million evro

2017-yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Benjamin Mendi 54 million evro

Oradan ikki yil o'tib, «Siti» Pep Gvardiola qo'l ostida o'z rekordini yangilashga qaror qildi. Chorak milliard evroni Ederson, Bernardo Silva, Mendi, Uoker, Danilo singari futbolchilar jamoaga jalb etildi. Qishda esa, klub tasarufiga Lyaport ham kelib qo'shildi. Amalga oshirilgan transfer kompaniyasi bekor ketmadi. «Shaharliklar» Pep Gvardiola qo'l ostida 100 ochko jamg'argancha APL g'olibligini qo'lga kiritdi.

4-o'rin. «Barselona» – 255 million evro

2019 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Antuan Grizman – 120 million evro


Kataloniya klubi og'ir vaziyatdan chiqib ketish maqsadida o'tgan mavsum boshida 255 million evroni transferlar uchun "qurbon" qildi. Afsuski bu pullar klubga hech qanday naf olib kelmadi. Sovrinsiz mavsum va 2:8 natijasidan so'ng, «Barselona»ning qay darajada botqoqqa botib qolgani ma'lum bo'lib qoldi.

3-o'rin. «Real Madrid» – 258,5 million evro

2009 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Krishtianu Ronaldu – 94 million evro

Florentina Peres klub Prezidentiligiga qaytgach, o'zining ilk transfer kompaniyasini yorqin o'tkazish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Peres birinchi urunishdayoq Arbeloa, Alonso, Benzema, Albiol, Kaka va Krishtianu Ronaldularni Madridga olib keldi. Afsuski, bunday nomlarni boshqarish Manuel Pelegrinining qo'lidan kelmadi va chililik mutaxassis mavsum so'nggida iste'foga chiqdi.

2-o'rin. «Yuventus» – 262,6 million evro

2018 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Krishtianu Ronaldu – 117 million evro

Oradan 9 yil o'tib, Ronaldu yana e'tibor markazida bo'ldi va 117 million evaziga Turinga ko'chib o'tdi. Bundan tashqari, Joau Kanselu, Duglas Kosta va Leanardo Bonuchchilar «zebralar» a'zosiga aylanadi. To'g'ri, ushbu transferlar sababli  «Yuve» chempionlikni hech kimga bermay kelyapti, ammo EChLdagi oltin medallarga etishning ham imkoni bo'lmayapti.

1-o'rin. «Real Madrid» – 367 million evro

2019 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Eden Azar – 160 million evro

O'tgan mavsum boshida Florentina Peres «Real»ning imjini tiklash maqsadida 367 million evrodan voz kechdi. Kelajak uchun Rodrigo, Eder, Mendi singari futbolchilar xarid qilingan bo'lsa, hujumda Benzemaga yordam berishi uchun Yovich va Eden Azarlar xarid qilindi.

BestMaster
17 Sentabr 2020, 22:00
katta, transfer, kompaniyalari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Реал хамиша номер 1
18 Sentabr 2020, 20:09
 u7777u  
Инг зури роналду булиб чиқди
18 Sentabr 2020, 20:10
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads