“Real” himoyachisi Nacho Fernandes “Roma”ga o'tishga yaqin turibdi. Rimliklar futbolchiga anchadan beri davogarlik qilib kelayotgandi. Qayd etilishicha, tomonlar ayni damda muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi.
Malumot uchun, Nacho “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsum La Liga doirasida 6 ta o'yinda qatnashdi. Mavsumning ko'p qismini jarohat sabab o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.