«Real» hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett futbolchining «Tottenxem»ga o'tish ehtimoli yuzasidan fikr bildirdi.
«Barcha savollarga echim topish uchun bizni hali olis yo'l kutib turibdi. Ammo, shubhasiz, Garet "Real"ni tark etish uchun har doimgidan ham yaqinroq turibdi.
Bu murakkab transfer. Ammo uning amalga oshishiga ishonish uchun sabablar mavjud. Muzokaralar yaxshi ketsa, barcha tezda amalga oshishi mumkin.
Garet Joze Mourino bilan gaplashib, «Tottenxem» uning qalbidan qanday o'rin tutishini ma'lum qildi», – dedi Barnett.