“Beyl “Real”da o'ynaydi, shu bois boshqa klubdagi futbolchilarni gapirolmayman. Garet “Tottenxem”da harakat qilgan vaqtida, uni “Real”da ko'rmoqchi ekanligimni hamma bilardi, ammo buni amalga oshirishning iloji bo'lmadi. Klubdan ketganimdan so'ng esa “Real” prezidenti mening xohish va tajribamga asoslanib, uelslik bilan shartnoma imzladi. O'ylashimcha, Beyl uning o'yinlaridan zavq olishimdan xabardor”, deya aytgan Joze.