Madridning «Real» jamoasi 15 sentyabr, seshanba kuni «Xetafe»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
«Alfredo di Stefano» stadionida bo'lib o'tgan bahsda «qaymoqranglilar» 6:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.
"Marca" nashrining xabar qilishicha, uchrashuv yopiq tizimda o'tkazilgan. «Real» hujumchisi Karim Benzema uchrashuvda poker qayd etgan bo'lsa, jamoa sardori Serxio Ramos va yoshlar tarkibi vakili Serxio Arribasa bittadan gol muallifiga aylandi.
Bu Zayniddin Zidan jamoasi uchun La Liga 2020/21 yilgi mavsumi oldidan so'nggi nazorat uchrashuvi bo'ldi. Jamoa 20 sentyabr kuni «Real Sosedad»ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, «Real» 2019/20 yilgi mavsumda Ispaniya chempioniga aylangandi.