Londonning "Tottenxem" klubi Madridning "Real" klubi hujumchisi Garet Beylga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
31 yoshli uelslik futbolchining vakillari "shporlar" rahbariyati bilan muzokara olib borganligi haqida Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Madridliklar o'z hujumchisini qo'yib yuborishga tayyor, lekin bu borada hali bitim tasdiqlanmagan.
Avvalroq Beylning "Manchester Yunayted" klubiga ijaraga o'tayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.