Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon "Tottenxem"ga o'tishga yaqin turibdi.
London klubi 23 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishdi, deya yozmoqda The Athletic nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, bir necha hafta oldin "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourino telefon orqali Regilon bilan gaplashgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq himoyachi "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. "Real" bu shartnomaga uni qaytarib sotib olish huquqini kiritmoqchi bo'lgan, biroq "qizil iblislar" buni rad etgan.