Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga ko'chib o'tishga rozilik berdi.
Ushbu bitim yaqin soatlar ichida amalga oshishi kutilmoqda. "Manchester Yunayted" futbolchining transferi uchun talab qilinayotgan 30 million evroni to'lashga rozi bo'ldi. Madridliklar o'z futbolchisini aynan mana shu summaga sotish niyatida edi. Lekin, madridriklar keyinchalik futbolchini o'zlari qaytarib sotib olishlari borasidagi huquqqa ega bo'lishmoqchi edi, biroq, "MYu" bunga rozi bo'lmaydi.
23 yoshli Regilon "Real" tarbiyalanuvchisi sanaladi. O'tgan mavsumni u "Sevilya" tarkibida ijara asosida o'tkazib, Evropa Ligasi finalida g'olib chiqdi.