Italiyaning "Inter" klubi hujumisi Lautaro Martines Madridning "Real" klubi bilan muzokara olib borgani haqida mish-mishlar yangradi. Ushbu vaziyatga futbolchining agenti aniqlik kiritdi.
«Milanga tashrifim mijozimning klubdan ketishi haqida emasdi. Ish yuzasidan borgandim. Biz rahbariyat bilan Lautaro Martinesni «Barselona» yoki «Real» klubiga o'tishi haqida gaplashmadik. Mijozim "Inter"da qoladi va mahalliy muxlislarni xursand qilishda davom etadi. Biz Ispaniyaning kuchli klublari bilan hech qanday muzokara olib bormadik», — dedi 23 yoshli argentinalik hujumchining agenti.