“Real” futbolchisi Eden Azar La Liga 2020/21 yilgi mavsum startiga qadar tiklanib ulgurmaydi. Bu haqda jurnalist Xuanma Kastanya xabar bermoqda. Qayd etilishicha, ayni damda Azar individual dastur asosida mashg'ulotlarni olib bormoqda. U katta ehtimol bilan “Real Sosedad”ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi.
Malumot uchun, Madrid klubi “Sosedad” bilan 20 sentyabr kuni o'ynaydi.