"Real Madrid" vingeri Eden Azar Ispaniya chempionatining birinchi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Cadena Cope xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi to'pig'idagi jarohatni tiklamoqda. Azar allaqachon mashg'ulotlarda qatnashmoqda, ammo 20 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Real Sosedad"ga qarshi 1-tur uchrashuvigacha to'liq formasini tiklab ulgurmaydi. Shu bois Zidan uni maydonga tushirmasligi mumkin.