Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail nashri.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
Londonliklar bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchini klubda ko'rishni istamoqda.
Ma'lumot uchun, Regilon o'tgan mavsumni "Sevilya"da ijarada o'tkazib 38 uchrashuvda 3 ta gol va 5 ta gollik uzatma amalga oshirdi.