El Chiringuito portalining yozishiga qaraganda, Madridning «Real» klubi futbolchisi Garet Beyl Londonning «Tottenxem» klubiga qaytish niyatida emas.
31 yoshli uelslik futbolchi agar shu transfer oynasida londonliklardan taklif tushadigan bo'lsa, o'ylanib o'tirmasdan rad javob berishini yashirmadi. Futbolchi agentidan Evropaning boshqa klublarini topishini yoki Xitoydan ham klub topishi mumkinligi borasida ko'rsatma bergan.
Yakuniga etgan chempionatda Beyl "Real" tarkibida 16 marta maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.