Madridning «Real» klubi hujumchisi Borxa Mayoral jamoani tark etishga yaqin turibdi deya xabar bermoqda Ispaniya matbuoti.
Hujumchini qo'lga kiritish uchun «Valensiya» va «Levante», shuningdek, «Fiorentina», «Latsio» hamda «Marsel» klublari kurash olib bormoqda.
Transfermarkt Mayoralning transfer narxini 10 million evro atrofida baholamoqda.