Madridning «Real» klubi futbolchisi Vinisius Junior nima uchun "Barselona"ni emas, balki «Qirollik klubi»ni tanlagini aytib berdi.
«Bu voqea 2017 yili Chilida bo'lib o'tgan U-17 terma jamoalari o'rtasidagi bo'lib o'tgan Janubiy Amerika chempionatidan keyin sodir bo'lgandi. Matbuotda mish-mishlar rosa avj olgandi, ammo men ularga ishonmagandim.
Yakunda «Real» va «Barselona» klublari menga taklif yuborishdi. Menda esa qaror qabul qilish uchun atigi uch kun muddat bor edi. Men doim buyuk klublarda o'ynashni xohlganman, shuning uchun, «Real»ni tanlashga qaror qilganman.
Ota-onam ikki klubga ham tashrif buyurishgan, ular ko'proq «qaymoqranglilar» yoqqan. Men ham shuni xohlagandim. Ularning loyihasi ko'proq menga ma'qul kelishini sezganman. «Real» yosh o'yinchilarga ko'proq imkon beradi»-dedi Vinisius.