«Real» hujumchisi Mariano Diasning klubdagi holati hamon tushunarsiz bo'lib turibdi.
Jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidan uni o'z rejalariga kiritmayotganini ochiq-oydin aytgan bo'lsa-da, dominikanlik futbolchi klubni tark etishga shoshilmayapti. Dias o'tgan mavsumida bor-yo'g'i 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Mariano yangi mavsumda ham faqat Ispaniya kubogi doirasida kuchsiz jamoalarga qarshi o'yinlarda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkinligini tushunib turibdi. Bu esa yillik maoshi 4,5 million evroga teng bo'lgan o'yinchiga aslo yarashmaydigan holat.
«Benfika» Diasga jiddiy qiziqish bildirib, unga 2,5 million evro maosh taklif qilgan edi. Ammo dominkanlik o'yinchi 5 million evro yillik maosh talab qildi.
Mariano qishki transfer paytida ham bir nechta takliflar tushgan edi, ammo u «Madrid»da qolishga qaror qildi. Uning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana 3 yil bor.
Boshlanayotgan mavsumda Zidan hujumda Karim Benzema va Luka Yovichning xizmatidan foydalanmoqchi. Kelajakda esa «Real» Erling Xolandni qo'lga kiritmoqchi.
Shu bois, Zidan nima uchun Mariano jamodan ketmayotganini tushunmayapti.