Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich hujumchi Krishtianu Ronaldu ketishi bilan Madrid jamoasining o'yini qanday o'zgarganligi haqida gapirib berdi.
Ronaldu "Yuventus"ga 2018 yilda qo'shilgan.
«Ronaldu bilan bir jamoada o'ynash aql bovar qilmas edi. Biz ettita ajoyib mavsumni birga o'tkazdik va u bilan ko'plab sovrinlarni yutdik. Jamoa eng yaxshi uslubda o'ynamagan taqdirda ham, Krishtianu mahorati va xarakteri tufayli natija berishi mumkin edi. U mashg'ulotlarda juda ko'p mehnat qildi va uchrashuvlarda eng yaxshi narsalarni berdi, shunda siz undan har doim o'ziga xos narsalarni kutishingiz mumkin edi.
Krishtianu bo'lmasa biz ko'proq jamoa bo'lib o'ynashimizga to'g'ri keladi. Biz u bilan ham yaxshi o'ynadik, ammo voqea bizning stsenariyimizga mos kelmaganida, bizga biroz sehr qo'sha oladigan odam kerak. Ikki yildan beri Ronaldusizmiz va shu vaqt ichida biz ko'proq jamoaviy, yanada uyg'unroq o'ynashni boshladik. O'yinimiz yaxshilandi, chunki biz endi bitta o'yinchiga bog'liq emasmiz», — dedi Modrich.