Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoadoshi Garet Beyl bilan golf haqida gapirib berdi. Xorvatiyalik futbolchi jamoadoshining sevimli o'yinini qadrlamadi.
«Uch yil avval bir marta o'ynagandik. U menda yana golf o'ynashimni xohlashim yoki xohlamasligimni so'radi. Men bu o'yinni uncha yaxshi o'ynay olmasligimni aytganimda, u qanday qilib o'ynashni ko'rsatib berdi.
Men u bilan birga bordim, lekin juda yomon edi. Qaytib bormayman dedim. Beyl juda yomon o'qituvchi edi. Balki, u yomon o'rgatgandir, balki shuning uchun taslim bo'lgandirman», – dedi Luka.
Beyla golf o'ynashni juda yaxshi ko'rishini yashirmaydi. Uelslik futbolchi golf asosiy ishidan ham ustun turishini bir necha marotaba takrorlagan.