Frantsiyaning «Renn» klubi o'z futbolchisi Eduardo Kamavinga bilan 80 million evro evaziga xayrlashishi mumkinligini rasman e'lon qildi.
Ayni paytda 17 yoshli Kamavingaga Evropaning top-klublari davogarlik qilishmoqda. Vunderkinga eng ko'p qiziqish asosan Madridning "Real" klubi tomonidan bo'lmoqda. Shuningdek, kuni kecha Frantsiya terma jamoasida debyut uchrashuvini o'tkazgan yosh futbolchiga PSJ va «Bavariya» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Eduardoning «Renn» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yili o'z yakuniga etadi. Shu sababli, klub rahbariyati futbolchini tezroq qimmatroq mablag' evaziga sotib yuborish payiga tushib qolishdi.