"Real" rahbariyatiga Belgiya terma jamoasining Azarga nisbatan munosabati yoqmadi. Belgiyaliklar yarim himoyachini terma jamoa yig'iniga chiqarib, Millatlar ligasi doirasidagi 2ta uchrashuvda ham maydonga tushirishmadi.
Avvalroq madridliklar Belgiya futbol federatsiyasidan Eden Azar va darvozabon Tibo Kurtuani Millatlar ligasi doirasidagi o'yinlarga chaqirmaslikni so'rashgan edi. Ammo murabbiy Roberto Martines 29 yoshli futbolchini yig'inga chaqirdiyu, o'yinlarda maydonga tushirmadi.
Azar Belgiya terma jamoasi safida individual tarzda shug'ullandi.