«Real» va «Rayo Valekano» klublari o'rtasidagi nazorat uchrashuv bekor qilindi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, raqib jamoa safida koronavirus alomatlari sezilgan o'yinchi paydo bo'lgan. Shubha ostiga olingan futbolchi test topshirdi, ammo uning natijasi bugun ertalab aniq bo'ladi. Uchrashuv esa 9 sentyabr kuni «Alfredo Di Stefano» stadionida Ispaniya vaqti bilan tush paytiga belgilangan.
Ehtiyot yuzasidan «Real» va «Rayo» jamoalari uchrashuvni bekor qilishga qaror qilishdi.