Britaniyaning "FourFourTwo" jurnali jahon tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Argentinalik futbolchi Diego Armando Maradona futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topilgan bo'lsa, uning vatandoshi Lionel Messiga 2-o'rin berildi. Kuchli uchlikni braziliyalik Pele yakunlab berdi.
To'rtinchi o'rinda Yoxan Kroyff qayd etilgan bo'lsa, 4 karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronalduga 5-o'rin nasib etdi.
Mashhur darvozabon Lev Yashin 22, "Oltin to'p-1975" sohibi Oleg Bloxin reytingda 45-pog'onani band etgan. Zamonamizning mashhur futbolchilariga quyidagi o'rinlar berilgan: Xavi (50), Neymar (97), Zlatan Ibrahimovich (94).
Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi (Top-10):
1. Diego Maradona (Argentina)
2. Lionel Messi (Argentina, «Barselona»)
3. Pele (Braziliya)
4. Yoxan Kroyff (Gollandiya)
5. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Real»)
6. Alfredo Di Stefano (Argentina)
7. Frants Bekkenbauer (FRG)
8. Zayniddin Zidan (Frantsiya)
9. Ferents Pushkash (Vengriya)
10. Ronaldo (Braziliya)