«Real» yarim himoyachisi Marko Asensio tibbiy ko'rikdan o'tdi. Natijada uning tizzasidagi jarohat u qadar jiddiy emasligi ma'lum bo'ldi.
U La liga doirasida 20 sentyabr kuni "Real Sosedad"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'lmaydi. Ammo keyingi tur bahslarida u maydonga tushishi mumkin.
Marko Ispaniya terma jamoasi mashg'ulotida jarohat olishi natijasida uning tizzasi shishib ketgan edi.