«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Xames Rodriges bilan shartnoma imzolangani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Ma'lumotlarga qaraganda, jamoa kolumbiyalik futbolchi uchun "Qirollik klubi"ga 22 million funt sterling to'ladi va u bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
«Xames — fantastik o'yinchi, ko'p xislatlar ega va hujumchilarga golli uzatmalarni amalga oshira oladi. Buni hamma biladi.
Loyihamizni amalga oshirishda u bizga rostdan ham kerak. U biz bilan shartnoma imzolaganidan xursand bo'ldi. Uni ko'ndirish uchun ko'p vaqt sarflamadim. U bunga tayyor edi.
Xames va Allan kabi futbolchilar kuchli bo'lishimizga yordam berishi mumkin. O'z navbatida biz ham ularning kuchli bo'lishiga yordam beramiz. Bunday uyg'unlik natijalarimizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi», — dedi Anchelotti.