"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2013-yilda Florentino Peresdan o'zini boshqa klubga qo'yib yuborishini yolvorib so'raganini aytib o'tdi.
"Men Madridga kelganimda vazifam jamoani qaytadan oyoqqa turg'azish va "Barselona" hukmronligini bartaraf etish edi. Shu bilan birga bu jamoani o'rab turgan xavflardan tozolash edi. Bunday vaziyat hozirda "MYU" bilan ham o'xshash. Yevropa Ligasi, Liga kubogi, Angliya Superkubogi va Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish bu ko'zlarni ochishga olib keladi. Ammo men bilaman bundan ham ko'proq narsaga qilishim mumkin, buning uchun ba'zi musobaqalardan voz kechish Premyer-ligani qo'lga kiritishga olib keladi deb hisoblayman.
To'g'risini aytsam, "Real" rahbarlari meni qolishimni xohlashgan. Klubdagi barcha: prezident, bosh direktor, kengash - chunki ular bilishardiki men vazifamni qiyin qismidan o'tib bo'lgan edim va shu sabab ular meni ushlab qolmoqchi edi. Men deyarli ulardan qo'yib yuborishlarini yolvorib so'raganman. Umid qilaman, "Manchester"da bunday bo'lmaydi.
"Real" meni o'z jamoasida ko'rishni xohladim va shu sabab men Madridda ishladim. Men u yerga kelib ko'p yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya chempionatini yutdim, ammo qolishni istamadim. Madriddagi hayotim yaxshimasdi. Shu sabab Angliyaga qaytishga qaror qildim." - deydi 54 yoshli mutaxasis.