Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz Madridning «Real» klubi futbolchisi Garet Beylni ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini xohlamoqda.
«Garetning doim terma jamoa ixtiyoriga etib kelayotganimdan xursand bo'laman. U o'zini mashg'ulotlarda yaxshi his qilmoqda. Lekin, u boshqa futbolchilar singari ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Umuman olganda Garetning Finlyandiya terma jamoasiga qarshi ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim. Garchi, u 45 daqiqa o'ynagan bo'lsada, yomon o'yin namoyish etmadi», – Giggzning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.