«Real» yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida 2ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Zidan jamoasiga La liga va Segundaning bittadan klublari raqiblik qilishadi.
"Qirollik klubi" 9 sentyabr kuni «Alfredo Di Stefano» stadionida «Rayo Valekano» bilan, 15 sentyabr kuni esa mehmonda «Xetafe» bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Terma jamoaga chiqarilgan o'yinchilar dastlabki bahsni o'tkazib yuborishsa, ikkinchi o'yinda jamoa to'liq tarkib bilan ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, «Real» La liganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvni 20 sentyabr kuni safarda «Real Sosedad»ga qarshi o'tkazadi.