Madrid klubi bunday choralarni koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqirozdan keyingi uzoq muddatli byudjetning rejalashtirish doirasida amalga oshirishi mumkin.
Aprel oyida "Real" o'yinchilari, murabbiylari va top-menejerlari maoshlarining 10-20 foizga tushishiga rozi bo'lishgan edi.
Klub rahbariyati "Real"ning uy o'yinlari muxlislarsiz o'tishi sabab ikkinchi marta maoshlarni pasaytirishga to'g'ri keladi deb hisoblamoqda.
SHunga qaramay, "Real" rahbariyati hali o'yinchi va murabbiylar bilan muzokaralarni boshlamagan.