Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos UEFA Millatlar Ligasi doirasida o'tkazilgan Germaniyaga qarshi o'yindan (1:1) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Umid oxirgi bo'lib o'ldi, biz esa g'alabaga tashna va o'ziga ishongan jamoamiz. Agar Germaniya g'alaba qozonganida adolatsizlik bo'lardi. Biz ko'p kuch sarflagan bo'lsak-da, faqat oxirida maqsadimizga erishdik. Vaziyat og'ir edi, ammo biz ishondik, intizomni saqladik va o'zimiz munosib bo'lgan natijaga erishdik.
Umuman olganda debyut qilgan yigitlar yaxshi o'ynadi. Ular jasur, g'alabaga tashna va Ispaniyani kuchaytirmoqchi. Ular endi nafaqat umidvor futbolchilar, balki biz uchun muhim o'yinchilardir. La Roxa (Ispaniya terma jamoasi) safida ularning bo'lishi yaxshi." — Serxio Ramos, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi.
Germaniyada bo'lib o'tgan uchrashuvning 51-daqiqasida Timo Verner nemislarning tezkor hujumini gol bilan yakunlagan bo'lsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggi soniyalarida Xose Gayya gol urib, ispanlarga bir ochko taqdim etdi.