«Real» klubi mavsum-2020/21ni yangilangan «Santyago Bernabeu»da o'tkazishi kutilmoqda. Arenaga yangi chim yotqizildi.
Mazkur gazon vaqtinchalik o'rnatilgan bo'lib, "qaymoqranglilar" o'yinlarni o'z uyida o'tkazishi uchun yotqizildi. Keyinchalik stadion maydoni yig'iladigan bo'ladi. U erda turli tadbirlar va kontsertlar o'tkazish imkoniyati yuzaga keladi. Bu orqali "Madrid" qo'shimcha daromad olishni ham ko'zlamoqda.
«Real» dastlabki uy uchrashuvini 30 sentyabr kuni «Valyadolid»ga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Zidan jamoasi mavsumning so'nggi o'yinlarini yoshlar jamoasiga tegishli bo'lgan Alfredo di Stefano nomli stadionda o'tkazdi.