Germaniyaning "Leyptsig" klubi futbolchisi Dani Olmoga Madridning "Real" klubi jiddiy qiyizish bildirmoqda.
Bild nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 22 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olish taklifini aynan "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidandan chiqqan.
Qayd etilishicha, "Real" Olmoning transferi uchun 40 million evro sarf qilishga tayyor. Biroq, "buqalar" jamoani Timo Verner va Patrik Shiklar tark etganidan so'ng, Olmoni sotmasliklari mumkin.
Olmo yakuniga etgan mavsumda "RB Leyptsig" tarkibida 15 ta uchrashvda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritdi.